“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi hamda Samarqand tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilayotgan
“Raqamli innovatsiyalar va barqaror turizm”
mavzusidagi forumga professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar, turizm sohasi vakillari, tadbirkorlar hamda barcha qiziquvchilarni taklif etadi.
Sana: 2026-yil 20-may Boshlanish vaqti: 10:00 Manzil: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, majlislar zali, 230-xona
Forum davomida turizm sohasidagi zamonaviy raqamli texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilinadi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etish va turizmning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tadbirda akademik doira, davlat tashkilotlari hamda turizm sohasi vakillari tomonidan barqaror turizm boshqaruvi, oilaviy turizm bizneslari, raqamli iqtisodiyot innovatsiyalari, tibbiy turizm va turizm axborot resurslari bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etiladi.
Faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi hamda foto sessiya tashkil etiladi.
Barchangizni ushbu nufuzli ilmiy-amaliy forumda kutib qolamiz!