“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2025-yilning dekabr oyida talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar oʻrtasida “Turizm va madaniy meros sohasini barqaror rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida talabalar forumi doirasida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda. Konferensiyada eng yaxshi maqolalar tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan. Tanlovda guruh va kursidan qat’iy nazar universitetning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan dastlabki uchta maqola universitet rahbariyati tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Talabgorlar quyidagi sho‘balar bo‘yicha maqolalarni mas’ul shaxslarga yuborishlari mumkin.
Konferensiya sho‘balari:
1-sho‘ba: “Raqamli transformatsiya jarayonida xalqaro biznes va kreativ sohalarning rivojlanishi” (Mas’ul shaxs: Raximova Nilufar +998 90 102 50 55, Telegram: @Nilufar_R_A )
2-sho‘ba: “Ipak yoʻli madaniyati (etnogenesiz va til)va ekologiyasi (ekoturizm): tabiat va anʼanalar oʻzaro bogʻliqligini oʻrganish” (Mas’ul shaxs: Boynazarov Odiljon +998 93 333 50 30, Telegram: @Odil_Boynazarov)
3-sho‘ba: “Aqlli destinatsiyalarni shakllantirish: smart turizm tamoyillari va raqamli integratsiya takomillashtirish” (Mas’ul shaxs: Ibragimov Xusen +998 91 701 91 77, Telegram: @KhusenIbragimov)
4-sho‘ba: “Tarjima va amaliyotning yangi ufqlari: sun’iy intellekt, tabiiy tilni qayta ishlash va tarjimada kreativlik” (Mas’ul shaxs: Akramova Taxmina +998 91 522 27 54, Telegram: @takh_mina)
5-sho‘ba: “Globallashuv davrida xorijiy tillar, madaniyatlararo muloqot va diplomatiya integratsiyasining zamonaviy tendensiyalari” (Mas’ul shaxs: Sultanov Tulkin +998 33 397 87 85, Telegram: @Sultanov_Tulkin)
Maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
- ma’ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1 oraliqda, 3-5 varaq hajmda Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
- ma’ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, o‘qiyotgan kursi va guruhi, telefon raqami va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;
- mavzudan keyin annotatsiya, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) va mazmuni to‘liq yoziladi;
- ma’ruzaning oxirida alohida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
- matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2 sm, pastdan – 2 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, chapdan – 3 sm. o‘lchamda belgilanadi;
- ma’ruza matni 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda doc yoki docx formatida taqdim etiladi.
Muddat: maqolalarni 2025-yilning 10-dekabrga qadar ko‘rsatilgan sho‘balar bo‘yicha mas’ul shaxslarga yuborishingiz mumkin.
Eslatma: Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan maqolalar tanlovga qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy tadqiqotlar bo’limi 322 xona.
Telefon raqami: +998 66 240 67 85 (Telegram https://t.me/n_xoliqov )