“Yilning eng faol yosh xodimi” koʻrik-tanloviga start berilmoqda!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasining azmu shijoatli va tashabbuskor yosh xodimlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi doirasida hamda yosh xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida universitetimizda “Yilning eng faol yosh xodimi” koʻrik-tanlovining universitet bosqichi o'tkaziladi.
Mazkur tanlov Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda, yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Agar siz o‘z faoliyatingizda kreativ yondashuv va faollik ko‘rsatayotgan bo‘lsangiz, ushbu tanlov aynan siz uchun!
Ariza topshirish tartibi va muddatlari:
Qabul muddati: 2026-yil 2-iyundan 10-iyunga qadar;
Ro‘yxatdan o‘tish manzili: Universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.
Eslatma: Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan barcha yosh xodimlarimizdan belgilangan muddatlarda ariza topshirishlarini so‘raymiz. Faol bo‘ling, o‘z salohiyatingizni namoyon eting va "Yilning eng faol yosh xodimi" maqomiga ega bo‘ling!
Imkoniyatni boy bermang, biz sizning tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlaymiz!