Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi universiteti tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun maxsus stipendiya dasturi doirasida doktoranturaga qabul e’lon qilindi. Nomzodlar joriy yilning 5-iyun sanasiga qadar tegishli hujjatlarni Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi universitetining xalqaro ta’lim institutiga pochta orqali hamda admissions@ucass.edu.cn elektron manziliga yuborishlari talab etiladi. Xususan, mazkur stipendiyada ishtirok etish uchun nomzodlar magistr diplomiga, “HSK 5” darajasidagi xitoy tili sertifikatiga, va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi, hamda 50 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, nomzodlardan sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma, tibbiy ko‘rik hujjatlari va ilmiy faoliyatga oid materiallar taqdim etishlari so‘raladi.
Tanlov veb-sayti: admissions@ucass.edu.cn
Qo‘shimcha ma’lumotlar: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy tadqiqotlar bo’limi 322 xona.
Telefon raqami: +998 66 240 67 85