E’LON
BMT Turizm tashkilotining gastronomik turizm bo‘yicha stipendiya dasturiga ariza topshiring!
BMT Turizm tashkiloti (UN Tourism) Ispaniyadagi Basque Culinary Center (BCC) tomonidan tashkil etilayotgan "Gastronomy Tourism Experience Design" onlayn dasturi uchun 4 ta to‘liq moliyalashtiriladigan stipendiya taqdim etmoqda. Shundan 2 ta stipendiya ingliz tilidagi, 2 tasi esa ispan tilidagi dastur uchun ajratilgan bo‘lib, har bir stipendiya qiymati 2 930 yevroni tashkil etadi.
Mazkur stipendiya turizm, gastronomiya, mehmondo‘stlik hamda barqaror turistik manzillarni rivojlantirish yo’nalishlariga qiziqadigan talabalar uchun mo‘ljallangan.
📝 Ariza topshirish jarayoni:
1️⃣ 1-bosqich – Onlayn ro‘yxatdan o‘tish:🔗ochiq
🔵 Ariza shaklini to‘ldiring;
🔵 Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklang;
🔵 Keyingi bosqichlar bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan tasdiqlovchi elektron xatni qabul qiling.
2️⃣ 2-bosqich – Asosiy arizani topshirish
📄 Tarjimai holingizni (CV) yuklang;
📹 2 daqiqalik video tayyorlang (tanlangan dastur tiliga qarab ingliz yoki ispan tilida) va unda quyidagilar haqida so‘zlab bering:
🔵o‘zingiz va mamlakatingizning turizm hamda gastronomiya salohiyati;
🔵gastronomiyaga bo‘lgan qiziqishingiz;
🔵kelajakdagi maqsadlaringiz;
🔵 mamlakatingizda gastronomik turizmni rivojlantirishga qanday hissa qo‘shishingiz;
🔵gastronomik turizm BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga qanday xizmat qilishi mumkinligi.
📼 Video YouTube yoki Vimeo platformasiga yuklanishi va havolasi ariza bilan birga taqdim etilishi lozim.
Dastur haqida:
🔵 Kasbiy rivojlanishga yo‘naltirilgan, 100% onlayn o‘quv dasturi;
🔵 Davomiyligi: 2026-yil 28-oktabrdan 2027-yil 19-martgacha;
🔵Ta'lim shakli: 100% onlayn. Jonli mashg‘ulotlar har hafta payshanba kunlari, 16:00–17:30 (CEST) vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi;
🔵 Ta'lim tili: ingliz yoki ispan;
🔵Sertifikat: Basque Culinary Centerning Gastronomiya fanlari fakulteti tomonidan beriladi.
Batafsil ma'lumot:
in English (https://www.untourism.int/apply-for-one-of-four-scholarships-available-for-the-online-course-in-gastronomy-tourism)
🇪🇸 Español (https://www.untourism.int/es/becas-curso-online-en-diseno-de-experiencias-de-turismo-gastronomico-de-basque-culinary-center)
Bu gastronomik turizm sohasidagi dunyoning yetakchi ta'lim muassasalaridan birida xalqaro tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Hoziroq ariza topshiring va gastronomik turizm sohasining kelajakdagi yetakchilaridan biriga aylanish yo‘lidagi ilk qadamingizni qo‘ying!