Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

14.07.2026

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 109-son qarori hamda mazkur qarorning 2-ilovasi 8-bandida belgilangan “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasini o‘tkazish bo‘yicha Nazorat rejasiga muvofiq, har oyning 15-sanasi “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi kuni etib belgilangan.

Shu munosabat bilan universitetning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan mazkur kunda hujjatlarni imkon qadar to‘liq elektron shaklda yuritish, qog‘ozdan foydalanishni cheklash hamda ish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish so‘raladi.

Barchangizni “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!