E’LON
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va aziz talabalar!
Sizlar hozirgi vaqtda dunyoning turli davlatlarida – Yozgi maktablarda, qizg‘in almashinuv (Exchange) dasturlarida yoki sarguzashtlarga boy Working Travel loyihalarida bilim va tajriba orttirmoqdasiz.
Ta’lim turizmining cheksiz imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida Sizlardan yuqori sifatli fotosuratlar va jonli videolarni muntazam ravishda biz bilan bo‘lishishingizni so‘raymiz. Qaysi davlatda bo‘lishingizdan qat’i nazar – chet eldagi kundalik hayotingiz, o‘qish jarayonlari, ajoyib me’morchilik, mahalliy taomlar yoki tabiat manzaralarini suratga oling va bizga yetkazing!
Ushbu eng yorqin, eng ta’sirli kontentlar universitetimizning rasmiy platformalarida e’lon qilinadi.
Lavhalaringizni quyidagi havolaga yuborishni unutmang:
@max_15_03