Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Samarqandda “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi

13.10.2025

Samarqandda “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi

Joriy yilning 6-noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida UNESCO shafeligida “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:

🟣Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar;

🟣Madaniy meros bo‘yicha mutaxassislar va me’morlar;

🟣Mahalliy boshqaruv tashkilotlari vakillari;

🟣Xalqaro va nodavlat tashkilotlar;

🟣Bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari.

Asosiy mavzular

🟣Barqaror manbalar va an’anaviy usullar;

🟣Madaniy meros va iqlim o‘zgarishi;

🟣Madaniy merosning barqarorligini ta’minlovchi raqamli texnologiyalar;

🟣Shahar madaniy merosi va barqaror rivojlanish omillari.

Ro‘yxatdan o‘tish: 2025 yil 1-oktyabrdan.

Taqdimot yuborish muddati: 2025 yil 20-oktyabrgacha

Batafsil ma’lumot uchun: 👉 https://unesco.samdaqu.edu.uz/