O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-19-son qarori ijrosini ta’minlash hamda yurtimizda tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek adabiyoti va madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi. Xususan, 2026-yil 13-mart kuni universitetning “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi hamda “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” hamkorligida o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan xorijlik talabalar ishtirokida “Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” tadbiri o‘tkaziladi. Tadbirning mehmonlari: • O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi viloyat bo‘limi rahbari, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibasi, shoira Zuhrabegim (Zuhra Eshonqulova); • O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi, shoir Zubaydulla Ibragimov; • O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bolalar ijodkori Tozagul Jumanova. Mehmonlar tomonidan she’rlar ijro etilib, ijodiy suhbatlar tashkil etiladi hamda ishtirokchilarning she’riy ijodlari tinglanadi. Tadbir o‘tkaziladigan joy: universiteti Faollar zali. Boshlanish vaqti: 2026-yil 13-mart, soat 12:00.