Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON!

22.05.2026

E’LON!

“Talaba Fest” festivali va “TalabaEXPO-2026” kasb ko‘rgazmasi

Hurmatli talabalar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-148-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 2-iyul kunlari Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida yirik “Talaba Fest” festivali hamda “TalabaEXPO-2026” kasb ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.


Tadbirning asosiy maqsadlari:

• Bitiruvchi va yakunlovchi bosqich talabalarini ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar orqali bandlikka yordam berish
• Ish o‘rinlari, karyera imkoniyatlari va tadbirkorlik yo‘nalishlarini taqdim etish
• Talabalar ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish


“Talaba EXPO-2026” kasb ko‘rgazmasida nima bo‘ladi?

• Yuzlab yirik korxonalar, banklar va tadbirkorlar o‘z bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etadi
• Intervyular va taqdimotlar
• “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari
• Biznes-treninglar va “career.edu.uz” platformasi taqdimoti
• Eng faol oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar taqdirlanadi


“Talaba Fest” festivalida nimalar bo‘ladi?

• Sport musobaqalari (turli yo‘nalishlarda)
• “Eng yaxshi fotosuratlar”, “Eng mazali taomlar”, “Liboslar” ko‘rgazmalari
• Musiqiy chiqishlar, karaoke, she’riyat kechasi, teatr studiyalari
• “Zakovat” intellektual o‘yini
• Robototexnika ko‘rgazmasi
• Gala-konsert


O‘tkazilish joyi: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni
Vaqt: 9:00 dan 18:00 gacha (2-iyul)