2025-yil 14-oktabr kuni soat 18:30 da UN Tourism tematik ofisida (Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko‘chasi, 3-uy) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Toyirova Shohista Bobobekovnaning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi boʻyicha “Tog‘ va tog‘oldi hududlarida ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.