Xalqaro masterklass: “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat samaradorligini xalqaro nashrlar vositasida oshirish”
2026-yil 8-iyun kuni soat 15:00 da universitetimizda xalqaro masterklass tashkil etiladi.
Tadbir mavzusi “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat samaradorligini xalqaro nashrlar vositasida oshirish” bo‘lib, unda xalqaro miqyosda ilmiy maqolalar tayyorlash va nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.
Masterklass mehmoni — Poppy Febriana, Universitas Muhammadiyah Sidoarjo (Indoneziya) universiteti vakili.
Tadbir davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
xalqaro ilmiy jurnallar talablari;
Scopus va Web of Science bazalaridagi nashrlar;
maqola tayyorlash va topshirish jarayoni;
ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishning zamonaviy usullari;
xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlari.
📅 Sana: 8-iyun 2026-yil
🕒 Boshlanish vaqti: 15:00
📍 Manzil: Universitet bosh binosi, 229-xona.
Universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va barcha qiziquvchilarni ushbu xalqaro masterklassda ishtirok etishga taklif etamiz.