“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim muassasasi logotipi, tashrif qog‘ozi, madhiyasi va vizual identifikatsiyasini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi. Ushbu tanlovda universitet professor-o‘qituvchilari, bakalavr, magistratura talabalari hamda xodimlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov uchun taqdim etilgan materiallar oliy ta’lim tashkiloti xususiyati, ilmiy va ta’limdagi yutuqlari, innovatsion yo‘nalishlaridan kelib chiqib baholanadi hamda ushbu talablar asosida shakllantirilgan ma’lumotlar 2025-yilning 27-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Materiallar @Sodiq_Norqulovich telegram manzili orqali qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot: Universitet binosi 120 xona
Tel: +998662406776 (ichki raqam 1000)