2026-yil 6-mart kuni soat 16:30 da UN Tourism tematik ofisida (Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko‘chasi, 3-uy) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.22/2025.27.12.1.01.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda universitet mustaqil izlanuvchisi Maxmudova Aziza Pirmamatovnaning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonining uslubiy-metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.