O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Kelajakka qadam” markazi faoliyatini tashkil etish tartibining tegishli bandlariga asosan, "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari orasida biznes qilish istagi bo‘lgan yoshlardan istiqbolli g‘oya va tashabbuslarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan universitetimizning 104-xonasida “Kelajakka qadam” hududiy bo‘linmasi faoliyat boshladi.
Agar sizda biznes qilish uchun tayyor loyihalar yoki g‘oyalar mavjud bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
📞 66-240-67-70
📞 66-240-67-86
📞 66-240-86-06
📞 66-240-86-16
Kelajagingiz sari dadil qadam tashlang!
"Kelajakka qadam" — Sizning muvaffaqiyatli startapingiz boshlanishi!