Joriy yilning 23-24-oktyabrida Toshkent shahrida Toshkent davlat texnika universiteti, Tarmoqlararo strategik innovatsiyalar va axborotlashtirish markazi, Navoiy kon metallurgiya kombinati, “O‘zbeko‘quvavtomatika” Respublika markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamkorligida “Innovatsiya-2025” Xalqaro ilmiy-amaliy XXIX anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjumanda Yoshlar va ta’lim muammolari, ta’lim va fan sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt, iqtisodiyot tarmoqlaridagi innovatsion jarayonlar, raqamlashtirish, tizimli tahlil va matematik modellashtirish kabi masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjumanda tezislar 2025-yilning 30-avgustiga qadar conference@innovation.uz manzili orqali qabul qilinadi
Batafsil ma’lumot: (99871) 227-10-06, (+998 90) 352-34-68