2025-yil 18-19-iyul kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Academic Writing Class and DOAJ Workshop” mavzusidagi 2 kunlik o‘quv kursi tashkil etilmoqda. O‘quv kursini Indoneziyaning Scopus bazasida indeksatsiya qilingan Q1,Q2,Q3,Q4 kvartilli ilmiy jurnallari bosh muharrirlari, tahrir a’zolari, DOAJ jurnali tahrir a’zolari olib boradi. Tadbir natijasi sifatida 10 ta Scopus, 15 ta DOAJ indeksidagi bazaga kiritilgan jurnallarda, hamda hamkor universitetlar jurnallarida esa har bir ishtirokchining maqolasi e’lon qilinishi kutilmoqda. Mazkur kursga qiziquvchilar 14-iyul kuniga qadar quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Izoh: Ushbu o‘quv kursi 2 kun muddatga moʻljallangan bo‘lib, har bir kishi uchun 700 000 so‘mni tashkil etadi. Xarajatlar kursda qatnashuvchilarning o‘z hisobidan yoki oliy taʼlim muassasalarning byudjetdan tashqari mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi tushuna olishi talab qilinadi.
Batafsil ma’lumot: +998 77 471 66 62
E-mail: sciencesbtsue@gmail.com