2025-yil 11-iyul kuni, soat 16:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi UN Tourism tematik ofisida (Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko‘chasi, 3-uy) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi Pardayev Botir Raxmatullayevichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasida xavfsizlikni taʼminlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo'lib o'tadi.