Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

02.09.2025

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistraturasiga 2025/2026-o‘quv yilida qabul qilinganlar diqqatiga!

Magistratura bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning (diplom va ilova) asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha oxirgi 3 yilda o‘qib tugatganlar uchun) va uning ilovasi;

3. 3.5 x 4.5 hajmdagi 8 dona rangli fotosurat;

4. Til bilish sertifikati (asl nusxasi);

5. Pasport asl nusxasi, (pasport nusxasi 3 nusxada);

6. Imtiyoz haqida ma’lumot (mavjud bo‘lsa).

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (66) 240 86 17/ (93) 332 96 99

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Magistratura bo‘limi.