“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqur anglaydigan, tafakkuri keng va bilimli yoshlarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida “Islohotlar bilimdoni” ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
Ushbu tanlovda universitetimizning barcha faol yoshlari ishtirok etishini so‘raymiz.
Arizalar 2025-yil 25-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi Sarvar Haydarovga murojaat qilishingiz mumkin: @shaydarov01