Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar va talabalar!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2025-yil 17-oktabr kuni soat 10:00 da “Clarivate” kompaniyasi vakillari ishtirokida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.
Ushbu seminar doirasida ishtirokchilar ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop ettirish, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, grant loyihalarini yozish, ularni ekspertizadan o‘tkazish va rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha foydali tavsiyalarga ega bo’ladilar.
Seminarda ma’ruzachilar sifatida quyidagi mutaxassislar ishtirok etadilar:
Diana Abdumuminova — Clarivate kompaniyasining O‘zbekiston bo‘yicha hududiy maslahatchisi
Nargiza Mansurova — Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i
Firuza Akramova — Xalqaro grantlarni jalb qilish va shartnomalar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi
Seminarning maqsadi — “Web of Science” va “Springer Nature” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari hamda grant loyihalari haqida batafsil ma’lumot berish;
O‘tkazilish sanasi: 17-oktabr 2025-yil (juma)
Joy: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, 109-xona
Boshlanish vaqti: soat 10:00
Barcha ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy faoliyatga qiziquvchi yoshlar ushbu seminarda faol ishtirok etishlari tavsiya etiladi.