Siz sun’iy intelekt bo‘yicha kuchli bilimga ega bo’lmoqchimisiz? “AI study” platformasi orqali sun’iy intelekt bo‘yicha so’ngi yangiliklarni o‘qib-o‘rganishingiz mumkin. Ushbu platforma yangi g‘oyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan ijodiy muhit yaratish orqali talabalarni tadqiqot, muammolarga yechim topish va texnologik yutuqlarga erishishda muhim vazifalarni bajaradi.
Mazkur platformada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan o‘quv modullari taqdim etilgan:
➡️ Sun’iy intellekt asoslari
➡️ Generativ texnologiyalar va SI-modellar bilan ishlash
➡️ Prompt-muhandislik
➡️ SI’dan foydalanishda axloqiy me’yorlar va xavfsizlik masalalari
➡️ Sun’iy intellektning ta’lim, biznes, sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruvida qo‘llanilishi
➡️ Raqamli savodxonlik va ma’lumotlarni tahlil qilish asoslari
➡️ AI sohasidagi dolzarb amaliyotlar va jahon tajribasi
Batafsil ma’lumotni www.aistudy.uz (https://aistudy.uz/ ) rasmiy saytida olishingiz mumkin.