Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’lon

30.04.2025

E’lon

Xorazm Maʼmun akademiyasi tomonidan 2025-yil 28-may kuni “Xorazmning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi belgilangan.

KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI:

  • O‘zbekiston tarixining qadimgi va antik davrida Xorazm

  • O‘zbekiston tarixida ilk davlatchilikni shakllanishida Xorazm vohasining o‘rni

  • O‘rta asrlarda Xorazm

  • Xorazm Ma’mun akademiyasining dunyo tamaddunidagi o‘rni

  • Xiva xonligining davlatchilik institutlari va ijtimoiy-siyosiy hayot

Maqola va tezislar 2025-yilning 30-apreliga qadar +99891 912 94 81 (Raufjon Mahmudov) telegram raqamiga yuborilishi kerak.

Batafsil ma’lumot: +99891 912 94 81 (Raufjon Mahmudov)