Universitetimiz talabalarini Toshkentdagi yetakchi kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkonini beruvchi iYPIP – Yosh professional amaliyotlar dasturi taqdimotiga taklif etamiz!
Ushbu nufuzli dastur AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi va O‘zbekistonning barcha hududlaridan iqtidorli bakalavriat talabalarini qabul qiladi.
Dastur nimalarni taklif qiladi?
• Toshkentning eng yaxshi korxona va tashkilotlarida yozgi amaliyot
• Tajribali mutaxassislar bilan mentorlik
• Biznes va STEM yo‘nalishlarida real ko‘nikmalar
• Karyerangiz uchun mustahkam professional tarmoq
• Shaxsiy va kasbiy rivojlanish bo‘yicha treninglar
Ingliz tilini yaxshi biladigan 3–4-bosqich talabalari uchun ajoyib imkoniyat!
Taqdimot o‘tish vaqti:
• Sana: 20-noyabr
• Vaqt: 10:30
• Manzil: “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti, Turizm akademiyasi binosi (konferensiya zali)
Taqdimot davomida dastur xodimlarining chiqishlarini tinglashingiz, savollar berishingiz va karyerangizni yangi bosqichga ko‘taruvchi ilk qadamingizni qo‘yishingiz mumkin.