Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

STIPENDIYALARGA TANLOV E’LON QILINADI

08.06.2026

STIPENDIYALARGA TANLOV E’LON QILINADI

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2026/2027 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov) uchun nomzodlarni saralashning 1-bosqichiga hujjatlar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon qiladi.
Tanlovda:
o‘qishda va ilmiy (ijodiy) faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishgan;
o‘zlashtirish ko‘rsatichlari “a’lo” (nomli davlat stipendiyalari uchun ko‘pi bilan 25% yaxshi) bo‘lgan;
tillarni-davlat tilini va bitta xorijiy tilni (MDH tillaridan tashqari) bilgan;
mutaxassisligi xorijiy til bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilgan:
yetakchi ilmiy nashrlarda va konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalari e’lon qilingan;
kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan, yuqori kurs (oxirgi ikki kurs nazarda tutiladi) talabalari ishtirok etishlari mumkin.
2026/2027 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov) uchun nomzodlarni saralashning 1-bosqichiga hujjatlar topshirish oxirgi sanasi 2026-yil 20-iyun.
Batafsil ma’lumot: Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi, 322 xona. tel: +99 897 575 80 02
Izoh: Nomli davlat stipendiyalari sovrindori boʻlgan talabalarga muayyan
taʼlim bosqichida nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qayta ishtirok etishiga
ruxsat etilmaydi.

#stipendiya #talaba #student