Media vositalari orqali inklyuzivlik gʻoyasini targʻib qilish, talabalarda ijtimoiy faollik va masʼuliyat tuygʻusini rivojlantirish hamda yoshlarning ommaviy axborot vositalari bilan aloqasini uzviy bog‘lash maqsadida universitetimizda “Inklyuziv media klublari”ni tashkil etish belgilangan. Shu munosabat bilan talabalar o‘rtasida Media kontent, videoroliklar, maqolalar, podkastlar, ijtimoiy reklamalar tayyorlashga qiziqqan yoshlarni 20-oktabr kuni soat 11.00 ga universitet 109-xonasida bo‘lib o‘tadigan “Inklyuziv media klubi”ning birinchi yig‘ilishida ishtirok etishini so‘rab qolamiz.
Batafsil ma'lumot olish uchun universitet Pr va matbuot bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.