Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim hamda madaniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida universitetimizda muhim uchrashuv tashkil etiladi.
Mazkur tadbir doirasida Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi huzuridagi Campus France loyihasi vakili xonim Alice Mot hamda Samarqand Fransuz Alyansi direktori xonim Marjolaine Le Gallo universitet rahbariyati va “Parlons français” to‘garagi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.
Uchrashuv davomida Fransiyada ta’lim olish va amaliyot o‘tash imkoniyatlari, shuningdek, fransuz tilini o‘qitish sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Sana: 18-noyabr
Vaqt: 11:30
Joy: Universitet binosi