O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarori ilovasining 27.2-bandiga muvofiq, qatag‘on qurbonlarining ilmiy va badiiy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida audiokitoblarni yaratish, ta’lim tashkilotlariga tarqatish hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi doirasida qatag‘on qurbonlarining ibratli hayoti va faoliyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan “Jadidlar” to‘plami hamda qatag‘on qurboni bo‘lgan yozuvchilarning asarlari audiovizual shaklda tayyorlanib, “Mutolaa” ilovasiga joylashtirildi.
Audiokitoblarni tinglash havolalari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining rasmiy @yoshlareduuz sahifalarida e’lon qilingan:
Barcha talaba-yoshlar va kitobxonlarni mazkur audiokitoblardan foydalanishga hamda jadidlar va qatag‘on qurbonlari merosi bilan yaqindan tanishishga chorlaymiz!