Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

DIQQAT E’LON! Dubaydagi QE2 Hospitality Academy’da bepul trening va amaliyot imkoniyati!

09.06.2025

DIQQAT E’LON! Dubaydagi QE2 Hospitality Academy’da bepul trening va amaliyot imkoniyati!

Dubaydagi QE2 Hospitality Academy universitetimiz talabalariga (www.qe2academy.com)da bepul trening dasturda qatnashish imkoniyatini taqdim etadi.

📅 Amaliyot muddati: 2025-yil iyul – sentabr

Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• Oshpazlik, ovqat va ichimliklar servisi hamda mehmonxona xonalariga oid nazariy va amaliy kurslar.

Accor tomonidan boshqariladigan QE2 mehmonxonasida amaliy tajriba.

• Yotoqxona taqdim etiladi (talabalar $275/oy to‘laydi).

• Ovqatlanish, safar xarajatlari va viza to‘lovlari talabalar zimmasida.

Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikatlar beriladi va QE2 mehmonxonasi yoki kruiz kemasida (sentyabrdan aprelgacha) ish taklifi berilishi mumkin.

Ishchi vizasi xarajatlarini qoplashga tayyor bo‘lgan talabalar trening davomida ishlashi mumkin (oylik maosh: $300 – $400).

🔹 Qo‘shimcha ma'lumot uchun Global Education Department (320-xona) yoki o‘qituvchilaringizga murojaat qiling.

🚀 Xalqaro mehmondoʻstlik sohasida koʻnikmalaringizni oshirish uchun bu ajoyib imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

 

🌐 www.qe2academy.com