Sizlarni universitetimiz “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi va bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan tashkil etilgan sahna ko‘rinishlariga boy bo‘lgan Sharqiy Yangi yil bayrami tadbiriga samimiy taklif etamiz.
Siz ushbu tadbirda Koreya va Xitoy davlatlaridagi xalqlarning urf-odatlarini, qadriyatlarini tomosha qilish bilan birga ularning o‘ziga xos Yangi yil bayramini kutib olish bayramini ham ko‘rish imkoniga ega bo‘lasiz.
Mazkur tadbir 17-fevral kuni soat 11:00 da faollar zalida bo‘lib o‘tadi. Barchangizni ushbu quvonchli va mazmunli bayramda kutib qolamiz!