Yozgi dam olish kunlarida bo‘sh vaqtlaringizni mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida Universitetning PR va matbuot bo‘limi tomonidan sohaga qiziqish bildirgan talabalar uchun foto va video montaj qilish bo‘yicha onlayn mahorat darslari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur darslar davomida siz multimedia materiallarini professional tarzda tahrirlash sir-asrorlari bilan tanishasiz, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz va ijodiy salohiyatingizni yanada rivojlantirasiz.
Ishtirok etishga qiziqqan barcha talabalarni taklif etamiz!