Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

12.08.2026

E’LON

Hurmatli texnikum bitiruvchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, 2026-yil 21-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida texnikum bitiruvchilarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2-bosqichdan suhbat asosida qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari o‘tkaziladi.

my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlar suhbatga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.

Suhbatning aniq sanasi va vaqtini my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirishingiz mumkin.

Suhbatga tayyorgarlik ko‘rish uchun yo‘nalishlar bo‘yicha savollar to‘plami va baholash mezonlari universitetning rasmiy veb-sayti (univ-silkroad.uz) va Telegram kanaliga (@univ_silkroad_uz) joylashtirilgan.

SUHBAT GRAFIGI

Turizm va mehmondo‘stlik (Rus) – 21/08/2026, 9:30. 229-xona

Turizm va mehmondo‘stlik (O’zbek) – 21/08/2026, 10:00. 229-xona

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy, 229-ma’ruza xonasi. Murojaat uchun telefon: +998 94 009 76 67, +99866 240 50 21

Eslatma: Talabgorlardan suhbatga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) aslini o‘zlari bilan olib kelishlari so‘raladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz kelganlar suhbatga qo‘yilmaydi. Uzrli sabablarsiz suhbatda ishtirok etmagan talabgorlar uchun qayta suhbat tashkil etilmaydi.