Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

20.08.2026

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori v.b. Muhsinjon Xolmuxamedovning sayyor qabuli o‘tkaziladi

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar hamda fuqarolar!

Sizni qiziqtirayotgan masalalar, murojaat, taklif va tashabbuslarni bevosita universitet rahbariyatiga yetkazish, ta’lim sifati va universitet faoliyatini yanada takomillashtirishga doir fikr-mulohazalarni tinglash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori v.b. Muhsinjon Xolmuxamedovning sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Sayyor qabul davomida professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar hamda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar beriladi. Amaliy yechim talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Sana: 2026-yil 24-avgust

Vaqt: 14:00–16:00

Qabul o‘tkaziladigan joy:

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Faollar zali

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy.

Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar hamda fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.