Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

28.08.2026

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tayanch doktoranturada o'qish uchun qabul kvotalari e'lon qilindi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tayanch doktoranturada o‘qitish bo‘yicha 2027-yil uchun ajratilgan

QABUL KVOTALARI:

08.00.05 - Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti - 1 ta;

08.00.13 - Menejment - 1 ta;

08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati - 1 ta.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

1. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obektivka ‒ 3.5 shakl).

2. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi.

3. Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari);

4. Xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat (tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar uchun).

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar (mavjud bo‘lsa).

Zaruratga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Hujjatlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.