E’LON
Yaponiyada magistraturada tahsil olishni istagan talabalar uchun yangi imkoniyat!
Yaponiyaning Hyogo universitetida (University of Hyogo) 2027-yil uchun “Global Business Course” magistratura dasturiga qabul jarayonlari boshlangan.
Mazkur dastur iqtisodiyot, biznes, menejment, moliya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, turizm va servis yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari hamda ushbu sohalarga qiziqish bildirgan nomzodlar uchun muhim ta’lim imkoniyatidir.
Muhim sanalar:
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: 2026-yil 1–14-dekabr
Hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 25-dekabr
Dasturga oid batafsil ma’lumot va ariza topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar Hyogo universitetining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan.
Batafsil ma’lumot: u-hyogo.ac.jp/em/en/gbc/
Murojaat uchun: gbc@ofc.u-hyogo.ac.jp
Shuningdek, dasturga qiziqish bildirgan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun Hyogo universiteti tomonidan onlayn axborot sessiyasi (information session) tashkil etilishi mumkin.