Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

15.09.2026

E’LON

“MUSTAQIL O‘ZBEKISTON – MENING FAXRIM” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi!

Vatanimiz mustaqilligi, bugungi taraqqiyoti va yorqin kelajagi haqidagi fikrlaringizni ijodiy, ta’sirchan va o‘ziga xos tarzda ifoda eting!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tahsil olayotgan barcha bosqich talabalari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Sana: 2026-yil 17-sentabr

Vaqt: 12:00

Manzil: "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, 200-xona

Insho tili: o‘zbek tili

Bajarish shakli: insho 12 varaqli daftar varag‘iga qo‘lda yoziladi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra I, II va III o‘rin sohiblari aniqlanadi hamda universitet tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Barchangizni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!