27.10.2026
E’LON
Universitetimizda Turkiya grantlari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
2026-yil 28-oktabr kuni soat 14:00 da universitetimizda YTB (Türkiye Scholarships) vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
📍 Manzil: Turizm akademiyasi, 2-qavat, Conference Hall
🗓 Sana: 28-oktabr, 2026-yil
🕑 Vaqt: 14:00
Uchrashuv davomida Turkiya grantlari va ariza topshirish jarayoni haqida ma’lumot beriladi. Dastur doirasida universitet va yo‘nalishga joylashtirish, turar joy yordami, oylik stipendiya, sog‘liq sug‘urtasi, aviachipta, turk tili kursi hamda universitet kontrakt to‘lovi kabi imkoniyatlar taqdim etiladi.
Shuningdek, grantga ariza topshirish bosqichlari va muddatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyati mavjud.