E’LON
Ilmiy seminar doirasida DSc dissertatsiyasi muhokama qilinadi
2026-yil 29-sentabr kuni soat 18:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy kengash qoshidagi “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar o‘tkaziladi.
Seminar doirasida universitet mustaqil izlanuvchisi Bakayev Ziyovudinxon Toshbolta o‘g‘lining iqtisod fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Turizm va mehmondo‘stlik industriyasini rivojlantirishda turistik xizmatlar samaradorligini oshirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilinadi.
📅 Sana: 29-sentabr, 2026-yil
🕕 Vaqt: 18:00
📍 Manzil: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, BMT Tematik ofisi