E’LON
Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi
2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning respublika bosqichidagi maxsus test sinovlari o‘tkaziladi.
📅 Sana: 2026-yil 10-oktabr
🕗 Kelish vaqti: 08:00
📚 Fanlar:
O‘zbekiston tarixi;
Axborot texnologiyalari;
Xorijiy tillar.
Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Samarqand shahrida tashkil etiladi.
📍 Manzil: Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, “Kamolot” mahallasi, Yerteshar Ges ko‘chasi, 5A-uy.
(Mo‘ljal: sobiq “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tib.)
🪪 Talabgorlar test sinoviga pasport yoki ID-karta bilan kelishlari lozim.
📌 Lokatsiya: Yandex Maps
Natijalar my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.
☎️ Murojaat uchun: Ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi
+998 66 240 67 85