Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

07.10.2026

E’LON

“ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVIGA MARHAMAT!

Iqtidorli, tashabbuskor va innovatsion g‘oyalarga ega talabalar uchun katta imkoniyat!

🎓 Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari ishtirok etishlari mumkin.

📅 Arizalar 10-oktabrga qadar qabul qilinadi!

Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi.

⭐️ Innovatsion g‘oyalar 100 ballik mezon asosida baholanadi:
➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi — 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi — 20 ballgacha;
➖ mavjud analoglardan farqi — 20 ballgacha;
➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi — 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar — 20 ballgacha.

💸 Tanlovning 1-bosqichi g‘oliblari moddiy va ma'naviy rag'batlantiriladi.

🏆 Respublika bosqichi g‘oliblari uchun yanada katta imkoniyat!

Respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq:
🥇 1-o‘rin — 500 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin — 300 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin — 200 mln so‘m miqdorida moliyalashtiriladi.

💡 Respublika bosqichi 10 ta ustuvor yo‘nalish — raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, kiberxavfsizlik, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, mudofaa va xavfsizlik, energiya tejamkorligi, suv xo‘jaligi texnologiyalari hamda ta’lim va ilm-fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

🚀 Innovatsion g‘oyangiz bormi? Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

G‘oyangizni taqdim eting, salohiyatingizni namoyish qiling va uni amaliy loyihaga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ling!

☎️ Murojaat uchun:
S. Jumayev — Ilmiy-tadqiqotlar bo'limi bosh mutaxassisi
@Anvarovich_19985