E’LON
“CHET ELLIKLAR O‘RTASIDA RUS TILI BO‘YICHA JAHON CHEMPIONATI – 2026”
Hurmatli talabalar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va rus tiliga qiziquvchi yoshlar!
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan “Chet elliklar o‘rtasida rus tili bo‘yicha jahon chempionati – 2026”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Mazkur chempionat xorijiy fuqarolar o‘rtasida rus tilini ommalashtirish, ishtirokchilarning rus tilini bilish va undan foydalanish ko‘nikmalarini namoyish etish, shuningdek, xalqaro ta’lim va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.
👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Chempionatda ishtirok etish ixtiyoriy hisoblanadi va rus tiliga qiziqadigan xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan.
🎯 Ishtirok etishni istagan talabalar va yoshlarni ushbu imkoniyatdan faol foydalanishga chorlaymiz!
🌐 Batafsil ma’lumot, ishtirok etish shartlari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
🔗 https://russianchampionship.com/
📌 Barcha manfaatdor talabalar, doktorantlar va xorijiy fuqarolarni mazkur xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.