E’LON
“Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o‘zbek tilining jamiyatimizdagi nufuzi va mavqeini yanada oshirish, davlat tilining barcha sohalarda to‘laqonli qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar joriy yilning 20-avgustidan 20-sentabrigacha qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (ismi, ota ismi, familiyasi, ish joyi, o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasi bilan birga Jamg‘armaga yoki rasmiy elektron pochta manziliga Uz_til_jamgarma@umail.uz, shuningdek, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @Jonajontilim_bot manziliga yuborishlari mumkin.