E'LON
TA’LIM GRANTLARINI TAQDIM ETISH VA QAYTA TAQSIMLASH NATIJALARI E’LON QILINDI
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha talabalarga ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshirildi. Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘i talablari asosida tashkil etildi. Universitet rektorining 2026-yil 16-iyundagi 140-son buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ta’lim grantiga talabgorlarning faoliyatini o‘rganish uchun Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya; Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya; Maxsus komissiya tarkiblari shakllantirilib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Komissiyalar tomonidan ta’lim grantiga talabgor talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ijtimoiy faolligi hamda belgilangan boshqa mezonlar asosida faoliyati xolis va shaffof tarzda o‘rganildi va baholandi.
Ta’lim grantlarini olishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati ushbu e’longa ilova qilinadi.