Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“STEAMDA OLIMA AYOLLAR KENGASHI”NING BIRINCHI SEMINARI

24.09.2025

“STEAMDA OLIMA AYOLLAR KENGASHI”NING BIRINCHI SEMINARI

Samarqand shahar hokimligi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi dolzarb muammolar yechimini muhokama qilishga qaratilgan “STEAMda olima ayollar kengashi”ning ilk seminari tashkil etiladi.

Seminarning maqsadi

Ushbu tadbir ayollarning ilm-fan va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi dolzarb masalalarga yechim topish, hamkorlik maydonini kengaytirish va innovatsion g‘oyalarni amaliy hayotga tatbiq etishga qaratilgan.

Ishtirokchilar

Seminarda quyidagilar qatnashishi mumkin:

• turli sohalarda faoliyat yuritayotgan olima ayollar;

• tadbirkor ayollar;

• iqtidorli talaba qizlar;

• doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar.

Tadbir vaqti va joyi

3 oktyabr, soat 14:30da Samarqand shahri “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi UN Turism tematik ofisida bolib o‘tadi.

Tadbir ahamiyati

Seminar doirasida ilmiy muloqotlar, hamkorlikka yo‘naltirilgan fikr almashuvlar va yangi takliflar muhokama qilinib, ilm-fan hamda innovatsiyalar taraqqiyotida ayollar salohiyatini to‘liq namoyon etishga xizmat qiladi.

Hurmatli tadqiqotchi va ilmiy izlanuvchi ayollar!

Ushbu seminar Siz uchun o‘z salohiyatingizni namoyish etish, yangi hamkorliklar yo‘lga qo‘yish va ilmiy g‘oyalar bilan boyish uchun muhim imkoniyatdir.