“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:
08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish sohalari iqtisodiyoti,
08.00.11 – Marketing,
08.00.13 – Menejment,
08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati,
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik,
17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, restavratsiya qilish va saqlab qolish.
Tayanch doktotorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilk(PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni tadqim etishlari zarur:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
3) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, ilovalari bilan birgalikda;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
9) Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga kirishga talabgorlar uchun)
10) Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat
11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
Doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik (DSc) o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni tadqim etishlari zarur:
1) Ariza
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
3) PhD yoki unga teng ilmiy daraja diplomi nusxasi
4) Doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis)
Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim http://daraja.ilmiy.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Hujjatlar qabuli muddati: 2025-yil 5-noyabrgacha
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga huttaj topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi
Elektron manzil: sanjar.jumayev@univ-silkroad.uz
Murojaat uchun tel: +998910338081