“Mening O‘zbekistonim” videolavhalar tanlovi qatnashing va g‘olibga aylaning!
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida “Mening O‘zbekistonim” nomli videolavhalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi:
Yosh avlod qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.
Tanlov bosqichlari va muddatlari:
Talabalar o‘zlari tayyorlagan ijodiy ishlarini 2025-yil 17-oktabr, soat 17:00 gacha ushbu havolaga jo‘natishi lozim.
https://t.me/silkroaduniversityofficial
Eslatma: Tyutorlar ushbu tanlovni belgilangan muddatlarda tashkil etish va natijalarni tegishli tartibda taqdim etish topshiriladi.
Videolavhalar mavzusi — “Mening O‘zbekistonim”:
Yurtimizning boy madaniy merosi, qadimiy obidalari, go‘zal tabiati, zamonaviy rivojlanishi va yutuqlari haqidagi videolar tanlovga qabul qilinadi.
Talabalarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!