“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Yoshlarning ekologiya yoʻnalishidagi innovatsion loyihalarini ragʻbatlantirish maqsadida startap loyihalar tanlovi”
Tanlovning asosiy maqsadi— O‘zbekiston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari hamda tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ekologiya yo‘nalishidagi innovatsion loyihalarini rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ijodiy va innovatsion yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.