“Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Bitiruvchi talabalarni kasbga tayyorlash va kasbiy amaliyotini tashkil etish” maqsadida tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov natijalariga ko‘ra ijobiy baholangan talabalarning ikki oylik haq to‘lanadigan amaliyotga yuboriladi hamda ish bilan ta’minlanadi.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar universitet HoReCa bo‘limiga quyidagi hujjatlar taqdim etishlari zarur:
1. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha ariza;
2. Talabaning shaxsiy ma’lumotnomasi;
3. Talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (transkript HEMIS tizimi orqali);
4. Oliy ta’lim tashkiloti hamda ish beruvchi korxona muayyan talabalarning kelgusida ish bilan ta’minlanishini nazarda tutuvchi haq to‘lanadigan kasbiy amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risidagi dastlabki hamkorlik shartnoma nusxasi.
Batafsil ma’lumot olish uchun universitet HoReCa bo‘limiga (100-xona) uchrashishingiz mumkin. Tel 662406779