“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun Yaponiyada tahsil olish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etuvchi talabalar almashinuvi dasturi uchun tanlov e’lon qiladi.
Mazkur dastur doirasida talabalar Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Wakayama Universityda bir yil davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✨ Dastur imkoniyatlari:
Wakayama universitetida 1 yil akademik ta’lim olish
Yangi madaniyat va muhit bilan tanishish
Xalqaro do‘stlar orttirish
Professional va shaxsiy rivojlanish imkoniyati
📌 Ishtirok etish talablari:
Universitetning 2-bosqich talabasi bo‘lish
Yaxshi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish
2-xorijiy til sifatida yapon tilida tahsil olayotgan bo‘lish
📅 Arizalar topshirish muddati: 2026-yil 14-aprel
📝 Ariza topshirish:
Arizalar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: