Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

YUNESKO/Ekvatorial Gvineya Xalqaro Mukofoti 2025-yil uchun tanloviga start berildi!

03.03.2025

YUNESKO/Ekvatorial Gvineya Xalqaro Mukofoti 2025-yil uchun tanloviga start berildi!

YUNESKO Tashkiloti Tabiiy fanlar sohasidagi 2025-yilgi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti uchun tanlovni eʼlon qildi. Mazkur mukofot ilm-fan sohasida inson hayotini yaxshilashga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar, institutlar va nodavlat tashkilotlarining ilmiy tadqiqot loyihalari va faoliyatlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan.

🏆 Mukofotning haqida:

Jami mukofot miqdori: 300,000 AQSH dollari

Mukofot uch nafar g‘olib o‘rtasida teng taqsimlanadi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda qatnashish uchun talablar:

📌Nomzodlar www.unesco.org/egip/account-reguest havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur.

📌Ariza varaqasi.

📌Nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi haqida (1000 so‘zdan oshmagan) axborot.

📌Nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha maʼlumot.

📌Nomzodning 10 ta muhim ilmiy nashrining ro‘yxati.

Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar YUNESKO Bosh direktori tomonidan xalqaro hayʼat bahosi va tavsiyasi asosida tanlanadi.z

📅 Ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni taqdim etish muddati haqida batafsil maʼlumotni sayt orqali oling!

 https://www.unesco.org

Ushbu tanlov bo’yicha Hujjat topshirgan nomzodlar Xalqaro hamkorlik boʻlimi(204 xona)ga ma’lumot berishi so’raladi.